Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 14-январь 2025, 15:35
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Kasbim — faxrim!” festivali bo'lib o'tdi


Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida o'quvchilarni kasb-hunarga yo'naltirish va tadbirkorlikka bo'lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida "Kasbim — faxrim!” festivali bo'lib o'tdi. 
Tadbirda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig'i Nilufar Husanboyeva, Toshkent shahar prokurori o'rinbosari Ulug'bek Mamarajapov, tuman hokimligi mas'ullari, mahalla faollari, ota-onalar, o'quvchilar  va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi. 
Festivalda o'quvchilar o'zlarining ijodiy ishlarini "Mahorat dars"lari orqali amaliy tarzda namoyish etib, ijodiy ish namunalari savdosini ham uyushtirdilar.



Toshkent shahar MMTB Matbuot xizmati