Poytaxtimizning Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta'lim maktabida 2024-2025-o'quv yilining 1-sonli Pedagoglar Kengashi noan'anaviy tarzda uyushtirildi.
Unda Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i Gulchehra Yoqubova, bosh mutaxassisi Nasiba Urazovalar ishtirok etdi.
Kengashda kun tartibidagi masalalar ko'rib chiqildi. Shuningdek, yangicha baholash tizimi bo'yicha o'quv-seminar ham o'tkazildi.