Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 15-апрель 2026, 10:56
 Bosh sahifa  Mobile versiya

“Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy koʻrik-tanlovining yangi mavsumiga start berilmoqda!


Tanlovning birinchi — tuman (shahar) bosqichi – 21-30-APREL kunlari kunlari boʻlib oʻtadi.

Tanlov quyidagi nominatsiyalarda oʻtkaziladi:
➖ Davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari mutaxassislari uchun:
➖“Eng namunali direktor oʻrinbosari”;
➖“Eng yaxshi oʻyin orqali taʼlim beruvchi tarbiyachi”; 
➖“Eng yaxshi ijodkor-ixtirochi tarbiyachi”;
➖“Eng yaxshi eko-targʻibotchi tarbiyachi”;
➖“Raqamli va innovatsion yondashuvlarni amaliyotga joriy etuvchi tarbiyachi”;
➖“Maʼnaviy qadriyatlar tarbiyachisi”;
➖ Oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari pedagoglari uchun:
➖“Oʻyin orqali bolalarni rivojlantiruvchi ijodkor tarbiyachi”;
➖“Eng namunali tarbiyachi”.

🔰 Tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan nomzodlar joriy yilning 19-MART kuniga qadar ro‘yxatdan o‘tishlari lozim. 

🌐 Bunda talabgorlar quyidagi hujjatlarni tuman (shahar) maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimlariga taqdim etish lozim:

🔹DMTT direktor oʻrinbosarlari va tarbiyachilari pedagogik kengashi qarori;
🔹ONMTT tarbiyachilari faoliyat yuritayotgan YATT maʼlumotnomasi;
🔹mehnat daftarchasidan koʻchirma.

Tanlovda sovrinli oʻrinlarni egallagan:

🔰oliy maʼlumotli ishtirokchilarning malaka toifalari bir pogʻona oshiriladi;
🔰oliy maʼlumotga ega boʻlmagan ishtirokchilar OTMning “Maktabgacha taʼlim” yoʻnalishiga kirish imtihonlarisiz oʻqishga kirish imtiyozini qoʻlga kiritadi.