Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 9-сентябрь 2025, 09:11
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Pedagog kadrlarni attestatsiyadan oʻtkazish uchun malaka sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi tasdiqlandi

Maktabgacha va maktab taʻlimi vazirligi tizimidagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi tomonidan joriy yilning avgust-dekabr oylarida pedagoglarni attestatsiyadan oʻtkazishga doir sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

❗️Ushbu sinov topshiriqlari spetsifikatsiyasi malaka toifasini olish uchun attestatsiya imtihonlarida ishtirok etadigan nomzodlar uchun tavsiyaviy ahamiyatga ega.