Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-март 2026, 22:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Maktabimizda “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi

2026-yil 30-yanvar kuni Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda Yunusobod tumani Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi bilan hamkorlikda, tasdiqlangan reja asosida  273-umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Yosh qutqaruvchi” musobaqasi o‘tkazildi.
Mazkur musobaqada Yunusobod tumani FVB FVPB  inspektori,  mayor Solihov Shuxrat Shavkatovich,  Yunusobod tumani FVB FVPB inspektori mayor Xakimov Abdulla Dolsod o‘gpli kuzatuvchi sifatida ishtirok etdilar.
Tadbir davomida maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilariga yong‘in xavfsizligi, fuqaro muhofazasi, shuningdek favqulodda vaziyatlar vaqtida to‘g‘ri va tezkor harakat qilish bo‘yicha muhim tushunchalar berildi.
Ushbu musobaqa o‘quvchilarda favqulodda vaziyatlarga nisbatan mas’uliyat hissini kuchaytirish, ularning amaliy ko‘nikmalarini shakllantirish hamda xavfsizlik borasidagi bilimlarini yanada oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.