Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 16-март 2026, 22:39
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Yo‘l harakati xavfsizligi — bolalikdan boshlanadi


Voyaga yetmaganlar ishtirokidagi yo‘l-transport hodisalarining oldini olish maqsadida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xodimlari tomonidan maktablarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilari bilan “Yo‘l harakati intizomi bolalikdan boshlanadi” shiori ostida profilaktik targ‘ibot tadbirlari muntazam o‘tkazib borilmoqda.
Xususan, Yunusobod tumanidagi 273-sonli umumta’lim maktabida tashkil etilgan tadbirda o‘quvchilarga yo‘l harakati qoidalariga rioya qilish, piyodalar xavfsizligi hamda ehtiyot choralariga amal qilish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.



Yunusobod tumani hokimligi Matbuot xizmati.