
O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2026-yilning 12-yanvardagi 03-43-0123-sonli xati ijrosini ta'minlash maqsadida joriy yilning 27-yanvar kuni Yunusobod tumani Maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta’lim maktablari va maktabgacha ta'lim tashkilotlari hamshiralari uchun 273-sonli umumta’lim maktabida "Sog‘lom avlod - sog‘lom kelajak uchun" mavzusida seminar tashkil etildi. Mazkur o‘quv-seminarda Toshkent shahar Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi bo'lim boshlig'i A.Shermuratov, SEO va JSK Toshkent shahar boshqarmasi B va UG bo‘limi mudiri D.S.Hikmatova m, B va UG bo‘limi sanitariya vrachi Y.X.Pirnazarova, shuningdek Yunusobod tumani B va UG bo‘limi mutaxassisi N.Xolikova ishtirok etib, ma’ruza va amaliy tavsiyalar berdilar.
Seminar davomida bolalar va o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish, yuqumli kasalliklarning oldini olish, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya etish, birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.