
Juma ma’naviyat kuni doirasida “Direktor soati” tadbiri tashkil etildi. Ushbu tadbir Milliy qadriyatlar oyligi munosabati bilan o‘quvchilarning ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, ularga milliy an’analarimiz va qadriyatlarimizning ahamiyatini tushuntirish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbir davomida maktab direktori milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va ularning jamiyatda tutgan o‘rni haqida so‘z yuritib, o‘quvchilarga Vatanga sadoqat, oilaviy qadriyatlarga hurmat va bilim olishning ahamiyati haqida tushunchalar berdi.
Shuningdek, o‘quvchilarga milliy liboslar, xalq hunarmandchiligi, milliy taomlar va urf-odatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir so‘ngida esa o‘quvchilar o‘z fikr va taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va rivojlantirishga o‘z hissalarini qo‘shishga va’da berishdi.
Yunusobod tumani Maktabgacha va
maktab ta’limi bo’limi Matbuot xizmati.