
"1-oktabr Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan Toshkent shahar hokimligida tashkil etilgan tadbirda Yunusobod tumani maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tasarrufidagi umumta'lim maktab o'qituvchisi taqdirlandi.
Xususan, 273-sonli umumta'lim maktabining geografiya fani o'qituvchisi L. Boltaboyeva Toshkent shahar hokimi Sh.Umurzoqov tomonidan "Shuxrat" medali bilan tantanali taqdirlandi.
Shuningdek barcha ustoz va murabbiylar bayram munosabati bilan tabriklab o'tildi.
Toshkent shahar MMTB Axborot xizmati