Saytdagi oxirgi ma'lumot yangilangan sana: 7-декабрь 2025, 21:43
 Bosh sahifa  Mobile versiya

Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi doirasida 8-sinf o‘quvchilari bilan sayohat va uchrashuv tashkil etildi

Yunusobod tumani 273-maktab hamda Toshkent Arxitektura va Qurilish Universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik Memorandumi doirasida 8-sinf o‘quvchilari bilan sayohat va uchrashuv tashkil etildi. 
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad – umumta’lim maktab va litsey o‘quvchilarida qurilish, arxitektura, muhandislik hamda zamonaviy fanlar sohalariga qiziqish uyg‘otish, ularni ilmiy-innovatsion muhitga yaqinlashtirish, kasbiy yo‘naltirish tizimini rivojlantirish hamda salohiyati yuqori bo‘lgan o‘quvchilarni erta bosqichda aniqlash orqali ta’lim jarayonining sifat va samaradorligini oshirishdan iboratdir.
Uchrashuv davomida o‘quvchilarga sohaga oid qiziqarli ma’lumotlar, innovatsion loyihalar taqdim etildi va ular o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.